Lyrics Xurshid Rasulov – Otang bo'lsa

G’anim yaqin yo’lolmaydi darvozangga,
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.
Jigarlaring ko’nar aytgan murosangga,
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.

Otang o’tsa, sanchar ular kamonini,
Yig’lab-yig’lab hidlagaysan choponini.
Uxlaganda o’pib qo`ygin tovonini,
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.

Onang xursand o’tlar yoqar o’chog’iga,
Erkalaysan, kirib olib quchog’iga.
Arzimaydi umring bari shu chog’iga,
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.

Otasizda o’z-o’ziga ishonch qayda?
Og’ir kunda suyangani suyanch qayda?
Bundayin baxt qayda, bunday quvonch qayda?
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.

Yetim qolsang, turfa yo’lda surinasan,
O’zi yo’qni yo’ndiray deb urinasan.
Oltmishda ham o’ttiz yoshday ko’rinasan,
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.

Otangdan so’ng umring tuman, tutun bo’lar,
O’ttizga ham kirmay, tanang o’tin bo’lar.
Iliging to’q hamda bag’ring butun bo’lar,
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.

Otasi bor bo’lsa, ranggi to’zarmidi?
A’zamning ham ishi unib-o’sarmidi?
Qamchingni bos, birov yo’ling to’sarmidi?
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.

Qamchingni bos, birov yo’ling to’sarmidi?
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa,
Otang bo’lsa agar do’stim, otang bo’lsa.

Lyrics rating:
92%